21:34 / 17.10.2016
15800

Harbiy manba Mo‘sul uchun janglarda kimlar ishtirok etayotganiga aniqlik kiritdi

Foto: Reuters

Iroqdagi Mo‘sul shahrini ozod etish uchun boshlangan janglarda xorijiy piyodalar ishtirok etmayapti. Bu haqda Iroq harbiylariga asoslanib RIA Novosti xabar tarqatdi.

"Ayni vaqtda koalitsiya kuchlari harbiy amaliyotni havodan turib qo‘llab-quvvatlamoqda. Boshqacha kelishuv yo‘q. Ya'ni faqat janglarda xorijliklarning samolyotlari qatnashmoqda, piyodalari esa yo‘q. Iroqqa faqat iroqlik harbiylarni tayyorlash uchun harbiy maslahatchilar yuborilgan", degan manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, amaliyotlarga na Rossiya HKK, na Turkiya samolyotlari, na Iroq, Rossiya, Eron va Suriyaning Bag‘dodda tashkil qilgan muvofiqlashtiruvchi markazi ishtirok etmoqda. Kampaniyadagilarning barchasi bitta boshqarma tomonidan harakatlantirilmoqda.

17 okyabrga o‘tar kechasi Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Mo‘sulni IShIDdan qaytarib olish uchun hal qiluvchi janglar boshlanishini e'lon qildi. Harbiy harakatlar 2 haftada yakunlanishi rejalashtirilgan.

Mavzu
Suriyadagi urush
Suriyada 2011 yilda boshlangan fuqarolar urushi mamlakatni bir necha qismlarga bo‘lib tashlagan. Suriya hukumati, IShID, kurdlar va boshqa turli jangari guruhlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda.
Barchasi
Top