Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID jangarilari Mo‘sul ostonalarida neftli o‘ralarni yoqib yubordi
© AP Photo
IShID jangarilari Iroqning Mo‘sul ostonalarida neftli o‘ralarni yoqib yubordi, deb ma'lum qildi 17 oktabrda "Al-Manar" telekanaliga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.
Terrorchilar shu tariqa Mo‘sulni ozod qilish operatsiyasini o‘tkazayotgan iroqlik hayrbiylarning yo‘lini to‘smoqchi hamda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlariga zarbalar berishga halaqit qilmoqchi. Yoqib yuborilgan neftli o‘ralar Iroq armiyasining zirhli tank diviziyasi yo‘l olayotgan Al-Hamdaniya aholi punkti hududida joylashgan.
Mo‘sulni ozod qilish bo‘yicha quruqlikdagi operatsiya bugun, 17 oktabrda boshlandi. Operatsiyada iroqlik harbiylardan tashqari, mahalliy ko‘ngillilar va AQSh artilleriyasi ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
11:39 / 01.12.2025