00:40 / 17.10.2016
6803

Respublikachi Tramp maslahatchisi demokratlar saylovda firibgarlik qilishlarini aytdi

Foto: washingtonpost.com

AQSh prezidenti lavozimiga Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning maslahatchisi va Nyu-Yorkning sobiq meri Rudolf Juliani demokratlar saylovlarda qanday qilib aldashlarini gapirib berdi. Uning aytishicha, Demokratlar partiyasi bir necha shaharlarni nazorat qiladi, shuning uchun, masalan, Filadelfiya va Chikagodagi prezidentlik saylovlari halol bo‘lishi dargumon. Bundan tashqari, vafot etib ketgan odamlar ham demokratlarga ovoz bergani holatlari bo‘lgan.

"O‘lik odamlar odatda respublikachilarga emas, demokratlarga "ovoz beradilar". Men bosh prokuror vakili bo‘lganimda, 1982 yilgi saylovlarda Chikagoda 720 nafar vafot etib ketgan odam nomidan demokratlarga ovoz berilganini eslayman", deb aytdi Juliani CNN telekanali efirida. 

Top