23:11 / 17.10.2016
9670

O‘z itiga tatuirovka qildirgan braziliyalik beshafqatlikda ayblandi

Foto: CEN

Braziliyada tatu-salonda itining tumshug‘iga bir nechta tatularni tushirtirgan erkak hayvonlar bilan shafqatsiz muomalada bo‘lishda ayblandi. Bu haqda Metro xabar bermoqda

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, buni qilgan Emerson Damaseno o‘z itining suratini feysbukda chop etgan. Suratda itning tumshug‘i va quloqlariga 5 ta tatu tushirilganini ko‘rish mumkin. Erkak itning tashqi ko‘rinishidan hayratlangan foydalanuvchilar tomondan tanqidga uchragach, akkauntini o‘chirib tashlashiga to‘g‘ri kelgan.  

Damasenoning aytishicha, tanadagi suratlar itini kasalliklardan himoya qiladi. Damasenoni himoyalashga o‘tgan uning sevgilisi itga tatu tushirilishdan avval u veterinar tekshiruviga olib borilganini ma'lum qildi.  

Iyulda Pokemon GO o‘yinining muxlisi o‘z itini pokemon Pikachuga o‘xshash bo‘lishi uchun sariq va qora ranglarga bo‘yab chiqqani ma'lum bo‘lgandi. Bu itni sayr vaqtida uchratgan Elixadi Jastin Yurassa ismli foydalanuvchi uning bu alfozdagi suratini feysbukdagi sahifasida chop etgan.

 

Top