18:18 / 17.10.2016
13726

O‘zbekistonlik professional bokschi Botirali Mamajonov amerikalik raqibini texnik nokautga uchratdi

Foto: instagram.com/mamajanov_77

14 oktabr kuni Amerikaning Florida shtatida «Battle at the Bay 5» bokschilar shousi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik Botirali «Xalk» Mamajonov (5−0−0, 3 KO) ham ringga ko‘tarildi. Bellashuv Telemundo (AQShdagi ikkinchi ispan tilli telekommunikatsion kompaniya) kanali orqali translyatsiya qilindi.

24 yoshli Andijon vakili Larri «Pakmen» Xarris (1−1−0, 1 KO)ga qarshi ringga ko‘tarildi. Uchinchi raundda Mamajonov raqibiga ketma-ket zarbalar berganidan so‘ng referi jangni to‘xtatishga qaror qildi.

O‘zbek bokschisi professional ringdagi debyutini fevral oyida o‘tkazgan edi. O‘tgan davr mobaynida beshta jang o‘tkazib, ularning uchtasi muddatidan oldin yakunlandi.

Matn: «Gazeta.uz»

Mavzuga oid
Top