Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda "Sarika" to‘foni tufayli 250 ga yaqin aviareys bekor qilindi
Xitoyning Xaynan viloyati, Xaykou shahridagi "Meylan" aeroportida orolga yaqinlashib kelayotgan "Sarika" to‘foni tufayli 250 ga yaqin aviareys bekor qilindi, deb xabar bermoqda viloyat rahbariyatiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Ob-havo mutaxassislarining taxminicha, "Sarika" 18 oktabrda Xaynanning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yetib kelib, so‘ngra superto‘fon darajasigacha kuchayib, Tsyunxay va Sanya shaharlariga yopiriladi. Ta'kidlanishicha, to‘fon oxirgi 10 yil ichida Xaynandagi eng kuchli va vayronakor to‘fon bo‘ladi.
Yomon ob-havo tufayli "Meylan" aeroporti 18 oktabrga o‘tar kechasi o‘z ishini to‘xtatdi. Aviaaloqani 18 oktbyar kechki soat 5 larga tiklash rejalashtirilmoqda. Shuningdek, orol atrofida kemalar harakati to‘xtatilgan.
Xitoy hukumati to‘lqinlar xavfliligining eng yuqori "qizil" va kuchli shamolning "sariq" ogohlantirishini e'lon qildi.
Mavzuga oid
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
09:37 / 14.01.2026
Qoshg‘ar–Toshkent yo‘nalishida yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareys ochiladi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026