Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politsiyachilar Parij markazida norozilik namoyishi o‘tkazdi
Foto: BFMTV
Fransiya huquq-tartibot idoralarining 500 nafarga yaqin xodimi Parij shahri markazida norozilik namoyishi tashkil etishdi. Ular, bezorilar bilan to‘qnashuvlarda politsiyachining jabrlangani sabab namoyish o‘tkazishga qaror qilishgan, deb xabar qilmoqda BFMTV telekanali.
8 oktabrda mamlakat markaziy qismining shimolidagi Eson departamenti Viri Shatiyon kommunasida 15 kishidan iborat yoshlar guruhi va politsiyachilar o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan edi. Huquq posbonlari ko‘plab avtomobil o‘g‘irlash hollari qayd etilgan chorrahaga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasini himoya qilishgan. Mahalliy yoshlar esa kamerani yo‘q qilishni xohlagan.
Hodisa natijasida 28 yoshli politsiyachi Vensanning qo‘li va butun tanasi jiddiy ravishda kuygan. Hozirda u Parijning Sen Lui shifoxonasida sun'iy ravishda koma holatiga keltirilgan.
BFMTV ma'lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli Vensanni qo‘llab-quvvatlash aksiyasi 17 oktabr kuni kechqurun Yelisey maydonida bo‘lib o‘tgan. Politsiyachilar Fransiya poytaxtining asosiy shoh ko‘chasi bo‘ylab sirena va ogohlik chiroqlarini yoqib harakatlanishgan.
Mavzuga oid
12:09 / 13.01.2026
Ispaniya politsiyasi 10 tonna kokain yuklangan kemani qo‘lga oldi
23:23 / 10.01.2026
Fransiya AQShdagi UFC turniri sababli G7 sammiti muddatini o‘zgartirdi
13:13 / 10.01.2026
Germaniya, Fransiya va Britaniya Rossiyaning “Oreshnik” raketa zarbasini qoraladi
22:07 / 09.01.2026