Jamiyat | 08:55 / 19.10.2016
53008
1 daqiqa o‘qiladi

4 yoshli qiz internet ahlini lol qoldirdi

4 yoshli poliglot (ko‘p tillarni bilish) qiz Bella Devyatkina internet ahlini lol qoldirdi. U 7 ta tilda, jumladan rus, ingliz, xitoy va arab tillarida so‘zlashadi.

Qizcha "Rossiya 1" kanalidagi "Udivitelnyye lyudi" ("Ajoyib odamlar") dasturida ishtirok etdi. U ishtirokida bu dasturdan yozib olingan lavhalardan biri feysbukda bir kunda 150 mingdan ko‘proq marta namoyish qilindi. 

YouTube’da bu lavha 16 oktabrda chop etilgan bo‘lib, ayni vaqtgacha 140 ming martadan ko‘proq ko‘rilgan.

Mavzuga oid