Sport | 14:30 / 19.10.2016
9700
3 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyaga qarshi o‘yin qahramoni bo‘lgan Doston Ibrohimov ulkan marralarni ko‘zlamoqda

Foto: AFC

Osiyoning eng yorqin yulduzlari bellashishga to‘planar ekan, u yerda xatoga o‘rin yo‘q. Ehtimol, bu asosan chiniqqan va teran fikrlovchi o‘zbekistonlik Doston Ibrohimovga qarshi o‘yinda aynan shundaydir.

“Biz Avstraliyaning jismoniy jihatdan kuchli jamoa ekanligini bilar edik, lekin texnik jihatdan biz juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Murabbiyimiz ular xatoga yo‘l qo‘yishlari uchun o‘yin rejamizga muvofiq harakatlanishimiz hamda bosim o‘tkazishimiz kerakligini aytdi va oxir-oqibat biz g‘alaba qildik”, - dedi 18 yoshli futbolchi AFC.com muxbiriga. 

Yosh o‘yinchi yolg‘iz emasdi, albatta, yaxshi nishonga olingan ikki gol esa o‘zbekistonliklarning 3:2 hisobida g‘alaba qozonishini hamda terma jamoaning Bahrayn mezbonligida o‘tayotgan 2016 yilgi Osiyo chempionati-19 chorak finaliga chiqqan ikkinchi jamoa bo‘lishini ta'minladi. 

Futbolchi avstraliyaliklarga qarshi kechgan o‘yinga baho berib, shunday dedi: “Futbol – jamoaviy o‘yin - jamoa bo‘lib himoyalanish, imkoniyat yaratish va hujum qilish. Biz hammamiz hamjihatlikda harakat qilsakkina yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz mumkin”. 

O‘zining pragmatik qarashlariga sodiq qolgan yarimhimoyachi terma jamoa bilan jahon chempionatiga chiqishiga umid bildirdi. 

“Biz U-20 jahon chempionatiga da'vogarlik qilishni istaymiz va men jamoamning bunga erishishida yordam berish uchun ko‘proq gol urish niyatidaman. Kuni kecha murabbiyimiz bizga bu musobaqaga ko‘p yillar tayyorgarlik ko‘rganimizni eslatib qo‘ydi. Men unga ko‘p imkoniyatlar taqdim etmoqchiman”, degan Samarqandning "Dinamo" jamoasida ijara asosida to‘p suruvchi "Paxtakor" jamoasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan ushbu futbolchi.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid