08:26 / 19.10.2016
8076

Iroq Mo‘sul yaqinidagi neft konlari ustidan nazoratni qaytarib oldi

Foto: REUTERS

Iroq politsiyasi 18 oktabrda Mo‘sul yaqinidagi 50 dan ko‘proq neft qudug‘i va neftni qayta ishlash zavodi ustidan nazoratni u yerdan IShID jangarilarini siqib chiqarib qaytarib oldi, deb yozmoqda Elaf.

Shuningdek, Mo‘sul janubidagi Al-Hamdaniya tekisligidagi ko‘plab aholi punktlari atrofida IShIDga qarshi operatsiya muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

Ayni vaqtda Iroq armiyasini Mo‘suldan bir necha kilometrgina ajratmoqda. Asosiy kuchni Iroq qurolli kuchlarining 9-bronetank diviziyasi tashkil qilmoqda.   

 

Mavzuga oid
Top