Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya hukumati Kataloniya korridalarni taqiqlashga haqsizligini ma'lum qildi
Foto: © RIA
Ispaniya konstitutsiyaviy sudi 20 oktabr kuni Kataloniya hukumati ushbu muxtor hududda korridalar o‘tkazishni taqiqlashga hech qanday haqqi yo‘qligini rasmiy ma'lum qildi. Uning ma'lum qilishicha, Kataloniya hukumati ushbu o‘yinlarni tartibga solishi mumkin xolos. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.
Sudning fikricha, ushbu huquq muxtor jamoatchilik zimmasiga kirmaydi, bu bilan markaziy hukumat shug‘ullanishi lozim.
Shunga muvofiq, konstitutsiyaviy sud 2010 yilning 28 iyul kuni Kataloniya parlamenti tomonidan qabul qilingan muxtoriyat hududida korridalar o‘tkazishni taqiqlash borasidagi qonunni bekor qildi. Ushbu qonun 2012 yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan edi. 2012 yilning 28 oktabr kuni Ispaniyadagi hukmron Xalq partiyasi mazkur qonun yuzasidan mamlakat konstitutsiyaviy sudiga da'vo kiritgan edi. Partiyaning fikricha, mazkur qonun “Konstitutsiyaning beshta moddasi buzilishiga” sabab bo‘ladi.
Sakkiz nafar sudya yoqlab chiqqan (uch nafari qarshi chiqqan) mazkur sud jarayonida Kataloniya hukumati korridalarni tamomila bekor qilish emas, aksincha, uni o‘tkazishni tartibga solish vakolatiga ega ekanligi aytildi.
Mavzuga oid
09:22 / 10.12.2025
Ispaniyada RFdan qochgan uchuvchini o‘ldirish ishi bo‘yicha tergov vaqtincha to‘xtatildi
13:24 / 01.12.2025
Madridda Pedro Sanchesga qarshi o‘n minglab kishi norozilikka chiqdi
10:19 / 24.11.2025
O‘zbekiston va Ispaniya zaytunchilikda hamkorlikni kuchaytiradi
08:19 / 19.11.2025