Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijdagilar Raqqaga ham hujum boshlash zarurati haqida ma'lum qilishdi
Foto: © RIA Novosti
Iroqning Mo‘sul shahrini ozod etish uchun olib borilayotgan muvaffaqiyatli hujumdan so‘ng IShIDni batamom yo‘q qilish yo‘lida Suriyadagi Raqqa shahriga ham hujumga o‘tish taraddudini ko‘rish kerak. Bu haqda Fransiya TIV vaziri Jan-Mark Eyro ma'lum qilgan. U bu haqda Iroq TIV rahbari Ibrohim al Ja'fariy bilan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida gapirib o‘tgan.
Frantsuz diplomatiyasi rahbarining ma'lum qilishicha, Mo‘sul uchun janglar ham harbiy, ham siyosiy va g‘oyaviy jihatdan hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu “IShIDning qoq yuragiga zarba berish” va koalitsiyaning yuqorilaganiga ishonch hosil qilishga turtki bo‘ladi.
"Bu jang Iroq kelajagi uchun eng muhim bosqich bo‘ladi. Unda g‘alaba qozonish tinch va xavfsiz hayotda yashashni istagan aholida umid uyg‘otadi", — dedi Eyro.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shunga muvofiq, uchrashuvda tinch aholi vakillarini himoya qilish, gumanitar yordamlar yetkazish, shuningdek, harbiy harakatlar tugagach, vaziyatni barqaror ushlab turish borasida gaplashib olingan.
Mavzuga oid
14:45
Le Pen apellyatsiyasi: prezidentlik saylovi masalasi sudda hal bo‘ladi
13:37
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
23:23 / 10.01.2026
Fransiya AQShdagi UFC turniri sababli G7 sammiti muddatini o‘zgartirdi
13:13 / 10.01.2026