21:22 / 22.10.2016
5445

Afg‘onistonda avtomobildagi xudkush portlash sodir etdi

Foto: REUTERS

"Tolibon" terrorchilik guruhi jangarilari Afg‘onistonning Gilmend viloyatida xudkushning avtomobiliga o‘rnatilgan bomba yordamida kuchli portlash sodir etdi. Mashinaning portlashi aks etgan lavhalar internetda paydo bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Portlatilgan bino Afg‘oniston qo‘shinlariga tegishli bo‘lishi mumkin. Hozirda Afg‘oniston hukumat qo‘shinlari Gilmend viloyatida jangarilarga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. 

Ta'kidlanishicha, Afg‘oniston armiyasi sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan, biroq keyinroq terrorchilar qayta guruhlanib, qarshi hujumga o‘tgan va bir necha terakt va pistirmalar uyushtirgan. Videoda aynan shunday hujumlardan biri aks etgan bo‘lishi mumkin.

 

Top