Jahon | 09:03 / 22.10.2016
18397
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: IShID jangarilari Mo‘sulda 300ga yaqin kishini vahshiylarcha qatl qildi

Foto: © EPA

IShID terrorchilik guruhi jangarilari Mo‘sulda 284 kishini qatl qildi. Bu haqda SNN telekanali Iroq xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda

Telekanal ma'lumotlariga binoan, vahshiylarcha qatliom qilish jinoyatlari 20-21 oktabr kunlari Mo‘sul shahrining janubiy chekkalarida amalga oshirilgan. O‘ldirilganlarning aksariyati erkak kishilar bo‘lgan, ammo ularning orasida bolalar ham bo‘lgani xabar qilinmoqda. Shundan so‘ng, jangarilar ularni yagona qabrga buldozerlar yordamida ko‘mishgan. 

SNN qayd etishicha, hozircha ushbu ma'lumotlar rasman tasdiqlangani yo‘q. 

 

Mavzuga oid