Jahon | 18:36 / 22.10.2016
6620
1 daqiqa o‘qiladi

Tailandda 150 mingdan ortiq kishi marhum monarx sharafiga madhiya ijro etdi

Foto: Reuters

Tailandning marhum qiroli Pxumipon Adulyadet sharafiga qirollik madhiyasining yangi versiyasini kuylash uchun Bangkokdagi Katta saroy yoniga 150 mingdan ortiq kishi to‘plandi. Bu haqida Daily Mail nashri xabar berdi

Manbaga ko‘ra, qora kiyim kiygan kishilar madhiyani yozishda ishtirok etish maqsadida Sanam Luang "qirollik parki"gacha avtobus va qayiqlarda, shuningdek piyoda yetib kelishgan. 

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, Sanam Luang va uning atrofida 150 mingdan ortiq kishi to‘plangan.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, madhiyaning yangi versiyasi motam davrida mamlakatning barcha kinoteatrlarida seanslar boshlanishidan oldin namoyish qilish uchun yozib olinadi. Ushbu videorolikni tomoshabinlar turib ko‘rishlari kerak bo‘ladi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid