21:42 / 23.10.2016
11431

Yamanda vabo boshlandi

Foto:toodoo.ru

Yamanning yirikligi bo‘yicha ikkinchi raqamli shahari bo‘lgan Adanda vabo kasalidan 9 kishi halok bo‘ldi, deb ma'lum qildi mahalliy hokimiyat jurnalistlarga. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda

Mutaxassislarning fikricha, vabo ichimlik suvi orqali tarqayotgani bo‘lishi kerak, chunki uning sifati juda yomon.

Hukumatning ma'lum qilishicha, umumiy hisobda Yamanda 200 ga yaqin vabo bilan kasallanish holati qayd qilingan. Tibbiyotchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, vabodan kasallanganlarning o‘rtacha 15 foizi bu kasallikdan vafot etadi.

 

Mavzuga oid
Top