WikiLeaks portali direktori Gevin Makfeyden 22 oktabr kuni kechqurun 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda portalning tvitteri orqali ma'lum qilingan.
«Gevin Makfeyden, WikiLeaks ning sevimli direktori, hozir xudoning uyiga jo‘namoqda», — deyilgan WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning tvitteri orqali.
Marhumning o‘limi sabablari keltirilmagan.
Gevin Makfeyden Assanjning yaqin do‘sti edi.