Jahon | 08:29 / 24.10.2016
3864
1 daqiqa o‘qiladi

Lyuis Xemilton "Formula-1"ning AQSh Gran-Prisi g‘olibi bo‘ldi

Foto: CNN.com

"Mersedes" jamoasining britaniyalik poygachisi Lyuis Xemilton "Formula-1" poygasining AQSh Gran-Prisida marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Musobaqa Texas shtatining Ostin shahridagi avtodromda bo‘lib o‘tdi. 

Xemilton 56 davrani 1 soat 38 daqiqa 12,618 soniyada bosib o‘tib, poyga g‘olibi bo‘ldi. Uning jamoadoshi, nemis Niko Rosberg marraga 4,520 soniyaga kechroq keldi. "Red Bull" a'zosi Daniel Rikkyardo yetakchidan 19,692 soniya ortda qolib, 3-o‘rinni egalladi.

Poyganing keyingi bosqichi Mexikoda 28-30 oktabrda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid