O‘zbekiston parlament delegatsiyasi AQSh va Buyuk Britaniyaga safar uyushtirdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasi uch kunlik tashrif bilan AQShga keldi.
«Jahon» axborot agentligining xabar berishicha, o‘zbekistonlik parlamentariylarning safar dasturidan AQSh Kongressi a'zolari, AQSh prezidenti ma'muriyati, Davlat departamenti, Tijorat vazirligi, ishbilarmon, akademik va ekspert doiralari, shuningdek, Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamda Jahon banki vakillari bilan uchrashuvlar o‘rin olgandi.
Tashrif doirasida O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida Jon Xopkins universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti bilan hamkorlikda brifing, Atlantika kengashida «davra stoli» tashkil etildi.
Tadbirlar mobaynida Amerika tomoniga O‘zbekiston zamonaviy taraqqiyotidagi asosiy jarayonlar, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlar, shuningdek, 4 dekabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida har tomonlama va xolis ma'lumotlar taqdim etildi. O‘zbekiston tashqi siyosatidagi fundamental prinsiplar sobitligi, ichki va tashqi siyosat, shu jumladan, AQSh bilan ko‘p qirrali munosabatlar o‘zgarmasligi ta'kidlandi.
AQShga tashrif uyushtirishga qadar O‘zbekiston delegatsiyasi Londonda ham bo‘lib, u yerda Buyuk Britaniya Parlamentining har ikki palatasi a'zolari, TIV rahbariyati, Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbek-Britan Kengashi bilan yuqori darajali uchrashuvlar, brifing va davra suhbatlarini o‘tkazdi.
Britan ekspertlari rasmiy Toshkentning mintaqadagi qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni bosqichma-bosqich yaxshilash bo‘yicha odimlarini ijobiy qarshi oldi. Prezident v. b.ning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori, «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonunni qabul qilish to‘g‘risidagi tashabbusi, bosh vazir virtual qabulxonasining ochilgani qo‘llab-quvvatlov bilan esga olindi.
Britan kompaniyalari O‘zbekiston bozori, ayniqsa qayta tiklanuvchi energiya manbalari, irrigatsiya, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, kimyo sanoati va boshqa sohalardagi hamkorlikni jadallashtirishga qiziqish bildirdi.
Mavzuga oid
15:20 / 26.10.2024
«O‘zbekistonning BRICS'ga a’zo bo‘lishi kun tartibida emas» – Sodiq Safoyev
12:22 / 28.08.2024
Sodiq Safoyev: O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq masalalar xalqaro kun tartibida e’tiborsiz qolayotganidan xavotirda
19:20 / 05.07.2024
“BMT 80 yil oldin boshqa dunyo uchun tuzilgandi” - dunyo tartiboti haqida Sodiq Safoyev bilan suhbat
18:18 / 29.03.2024