Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xelsinkida O‘zbekiston va Finlyandiya siyosiy maslahatlashuvlarining 7-raundi bo‘lib o‘tdi
25 oktabr kuni Xelsinkida O‘zbekiston va Finlyandiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 7-raundi bo‘lib o‘tdi. Finlyandiya delegatsiyasiga vazirlikning Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha departamenti bosh direktori Maimo Xenriksson boshchilik qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Maslahatlashuvlarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamda O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi shaklidagi, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning holati va uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari batafsil muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro aloqalarni nafaqat davlatlararo darajada, shuningdek, biznes, fan, ta'lim va madaniyat muassasalari o‘rtasida ham faollashtirishga qiziqish mavjud ekanligini ta'kidladi. O‘zaro savdo va investitsion hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta'minlash, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan Prezident farmoni Finlyandiya tomonida katta qiziqish uyg‘otdi.
Maslahatlashuvlar davomida O‘zbekiston—Finlyandiya kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi. Muzokaralarda Finlyandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Niklas Lindkvist ishtirok etdi.
Mavzuga oid
14:45 / 01.01.2026
Finlyandiya politsiyasi Boltiq dengizida Rossiyadan kelayotgan kemani qo‘lga oldi
13:06 / 17.11.2025
Finlyandiya prezidenti: Ukrainada tinchlik muzokaralari yil oxirigacha boshlanishi qiyin
21:01 / 01.11.2025
Finlyandiya ta’lim tizimida katta erkinlik mavjud – prezident Stubb
23:29 / 01.09.2025