O‘zbekiston | 14:54 / 26.10.2016
9430
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti munosabatlarni mustahkamlash choralari uchun Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi

Foto: UzReport

Qirg‘iz Respublikasi Davlat rahbari Almazbek Atambayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. 26 oktabr kuni Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlat rahbarlari telefon orqali suhbatlashgani haqida Atambayev matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O‘zaro muloqot chog‘ida tomonlar o‘zbek-qirg‘iz har tomonlama hamkorligining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilishgan. 

Almazbek Atambayev, shuningdek, Prezident v.b. Shavkat Mirziyoyevga, O‘zbekiston rahbariyatining ikki tomonlama munosabatlardagi dolzarb masalalarga jiddiy e'tibor qaratayotgani, ikki davlat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchilik bildirgan. Qirg‘iz rahbari birodar O‘zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilagan, deyiladi xabarda. 

Avval ma'lum qilganimizdek, bugun 26 oktabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘iziston Respublikasiga tashrifni amalga oshiradi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad  – o‘zaro qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash hisoblanadi. 

Oktyabr oyi boshida Muxammetkali Abulgaziyev boshchiligidagi Qirg‘iziston delegatsiyasi O‘zbekiston tomoni taklifi bilan Andijon viloyatiga tashrif buyurgan hamda qirg‘iz-o‘zbek munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etgan edi. 

 

Mavzuga oid