Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koalitsiya Mo‘sulni qurshab olishga muvaffaq bo‘la olmayapti
Foto: © AP
Iroq qurolli kuchlari va ularning AQSh boshchiligidagi ittifoqdoshlari Mo‘sulni qurshab olishga muvaffaq bo‘la olmayapti, deb ma'lum qildi Mo‘sulni ozod qilish operatsiyasi qo‘mondoni, amerikalik general Stiven Taunsend. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Hozircha Mo‘sul to‘liq qurshab olinmadi. Bu shaharga hujum qilish, uni IShIDdan ozod qilish uchun zarur ham emas. Dushmanning kirish va chiqish yo‘llari bor, u jangchilarini qandaydir tarzda qayta dislokatsiyasini o‘tkazmoqda, biroq biz shaharga kichik bo‘linmalar kelayotgani va ketayotganini ko‘rmayapmiz", deb aytdi general.
General jangarilar shu tariqa qo‘shimcha kuchlar olayotgani va uning yetakchilari shu yo‘l bilan shaharni tark eta olishlarini tan oldi. Uning aytishicha, koalitsiya kuchlari buni ko‘rishganda va bular jangarilar ekanligi haqida aniq ma'lumotga ega bo‘lishganda, jangarilar ularga zarba bermoqda. Taunsendning aytishicha, koalitsiya bilan janglarda tajriba orttirgan jangarilar ochiq avtomobillar va bayroqlar bilan harakatlanishdan qochib, buni yashirincha qilishga urinmoqdalar.
Mavzuga oid
08:46 / 04.11.2025
Chexiyada o‘ng populistlar koalitsiya tuzilganini e’lon qildi
11:18 / 14.03.2025
Germaniyada «katta koalitsiya» tuzish bo‘yicha muzokaralar boshlandi
07:51 / 07.11.2024
Germaniyada hukmron koalitsiya parchalandi
07:56 / 16.05.2024