22:33 / 26.10.2016
12006

OAV: aktyor Bred Pittga qarshi tergovga uning barcha oilasi qamrab olindi

Foto: The Inquisitr

AQShlik aktyor Bred Pittga qarshi tergovga uning barcha oilasi qamrab olindi, deb xabar bermoqda uning rafiqasi Anjyelina Joli bilan bog‘langan manbaga iqtibos keltirgan holda TMZ nashri.

Dastlab Los-Anjyeles okrugining bolalik va oila ishlari departamenti Pitt va uning 15 yoshli o‘g‘li Meddoks ishtirokidagi samolyotdagi voqeani tergov qilayotgandi. Eslatib o‘tamiz, o‘sha voqeada samolyot havoga ko‘tarilgach, Joli va Pitt janjallasha boshlashganda Meddoks onasining yonini ola boshlagan. Ma'lum qilinishicha, darg‘azab Pitt farzandiga tashlangan, biroq Joli ularning orasiga tushgan. Keyinroq ota va o‘g‘il "qandaydir tarzda" yoqalashib ketishgan. 
 
Endi esa departament o‘z tergovini kengaytirib, boshqa, jumladan juftlikning bir yoki undan ko‘proq farzandi Joli va Pittning janjali guvohi bo‘lgani kabi voqealar bilan ham shug‘ullana boshladi.

Ta'kidlanishicha, Joli va Pittning farzandlari Pitt yonida o‘zlarida qo‘rquv sezadilar, ayniqsa bu Meddoksda kuchliroq kuzatiladi. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Pittning to‘ng‘ich o‘g‘li bilan o‘tgan haftadagi uchrashuvi uzoq davom etmagan, chunki Meddoks unda ishtirok etishni istamagan.

 

Top