13:53 / 26.10.2016
13064

O‘zbekiston Jahon xayr-ehson reytingida 11-o‘rinda

Foto: O‘zA

O‘zbekiston World Giving Index –jahon xayriya reytingida 11-o‘ringa munosib ko‘rildi. U Charities Aid Foundation (CAF) xayriya jamg‘armasi tomonidan tuzib chiqilgan.

CAF dunyoning 140 mamlakatida istiqomat qiluvchi insonlarning saxiyligi va yordamga muhtoj kishiga ko‘mak berishga shoshilishiga oid tadqiqot o‘tkazgan. Bunda insonlarning turli xil xayriya loyihalariga moddiy yordam berishga tayyorligi, bepul ko‘ngilli ishlar bilan shug‘ullanishi va shunchaki notanish kishiga ko‘mak berishga naqadar shayligi, xususan taom ulashish yoxud so‘nggi libosini taqdim eta olishi aniqlangan. 

CAF fondi hisobotiga binoan, O‘zbekiston aholisining 52 foizga yaqini turli ko‘rinishdagi xayriya aksiyalarida ishtirok etadi. Shu bilan birga, mamlakat aholisining 67 foizi notanish kishiga yordam berishga tayyor. Bu borada Iroq aholisi ikkinchi yildirki, dunyoda yetakchilik qilmoqda. Respublikaning bu boradagi ko‘rsatkichi 16-o‘ringa mos kelgan. 

CAF tashkilotining qayd etishicha, 62 foiz o‘zbekistonliklar moddiy yordam berishadi (16-o‘rin), mamlakatning 27 foiz fuqarosi ko‘ngilli ishlar bilan (dunyoda 40-o‘rin) shug‘ullanib turadi.

Myanma uchinchi yildirki reytingda yetakchilikni saqlab qolgan. AQSh ikkinchi, Avstraliya uchinchi o‘rinni egallagan. Reytingda so‘nggi o‘ringa Xitoy joylashtirilgan. 
 

Top