AQSh va yana uchta davlat vakillari BMT Xavfsizlik kengashining Suriya bo‘yicha yig‘ilishidan chiqib ketdi
4 ta davlat – AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Ukraina vakillari BMT Xavfsizlik kengashining Suriya bo‘yicha yig‘ilishida Suriyaning BMTdagi elchisi Bashar Ja'fariy o‘z nutqini boshlaganda zaldan namoyishkorona chiqib ketishdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. Ja'fariy xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda g‘arb davlatlari tomonidan ikkiyoqlamalik qilinayotgani hamda Moskva va Damashqni yomonotliq qilishga urinish haqida gapirgan.
"G‘arb davlatlari to‘tiqushlarga o‘xshaydi, ular Suriyada hukumat armiyasi rossiyalik ittifoqdoshlari ko‘magida o‘tkazayotgan operatsiyalar haqida yolg‘onni beto‘xtov takrorlashmoqda. Ular ma'lumot manbalari sifatida ulardan bog‘liq bo‘lgan bir paytda, qanday qilib terrorchilarga qarshi kurasha oladi? Bu davlat hukumatlari terrorchilar bilan bog‘langan", deb aytdi Ja'fariy.
Bundan tashqari, Ja'fariy BMT Xavfsizlik kengashining qolgan a'zolari e'tiborini Mo‘sulni jangarilardan ozod qilish operatsiyasida nimagadir xalqaro ko‘makdan foydalanilayotganiga qaratdi va nima uchun Suriya hukumati Halabni terrorchilardan ozod qilish uchun xuddi shunday huquqqa ega emasligidan hayrat bildirdi.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin zalni tark etgan hamkasblarining xatti-harakatini o‘rinsiz deb atab, ular muntazam ravishda bunday qilib kelishlarini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
12:10
Sobiq isyonchi guruhlar Suriya Mudofaa vazirligini nazorat qilmoqchi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
22:22 / 23.12.2024
Rossiyaning Suriyadagi bazalari: ular yopilsa, nima bo‘ladi?
17:10 / 23.12.2024