Bog‘chalar uchun mobil telefon orqali to‘lash mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston Moliya vazirligi ota-onalar uchun qulaylik yaratish maqsadida yana bir xizmatni joriy qildi. Endilikda, ota-onalar farzandlarining bolalar bog‘chasidagi tarbiyalanishi uchun to‘lovni mobil telefonlaridagi maxsus ilovalar vositasida «online» plastik kartochkalaridagi mablag‘lari yordamida to‘lashi mumkin bo‘ladi.
Bu xizmatdan foydalanish uchun, maktabgacha ta'lim muassasasi hisobchisi har bir bolani UzASBO dasturiy majmuasiga kiritishi lozim bo‘ladi. Ota-onalarga vaqtlarini tejashga imkon berish maqsadida har bir tarbiyalanuvchi uchun to‘langan mablag‘ yoki qarzdorlik bo‘yicha hisob yuritishga imkon beradi.
Moliya vazirligi xabarida aytilishicha, bu xizmat nafaqat ota-onalarga zarur, balki hisobchilarning mehnatini ham yengillashtiradi. UzASBO majmuasiga o‘tkazilgan mablag‘ onlayn tartibida aks etadi, bu esa hisobchiga to‘lov qaysi tarbiyalanuvchi uchun qachon va qancha miqdorda amalga oshirilganini ko‘rsatadi. O‘z navbatida, to‘lov amalga oshirilayotgan vaqtda yuz berishi mumkin bo‘lgan xatolar va ortiqcha qog‘oz aylanmasiga chek qo‘yadi.
Ta'kidlanishicha, bu Moliya vazirligi tomonidan taklif etilayotgan birinchi xizmat emas. Byudjyet tashkilotlari xodimlarining UzASBO dasturidan Telegram messenjeri va qisqa xabarlar yuborish tizimi orqali ish haqlariga oid ma'lumotlarni olishiga imkoniyat yaratilgandi.
Mavzuga oid
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024