Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina prezidenti har kuni ibodat qilishini ma'lum qildi
Foto: RIA
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko har kuni ertalab ibodat qilishga 15-20 daqiqa ajratishini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
"Har kuni men uyg‘onib, ibodat qilaman. Bu taxminan 15-20 daqiqa oladi", deb aytdi Poroshenko talabalar bilan uchrashuvda.
Poroshenko bunda "Ukraina prezidenti sifatida qasamyod keltirgan Injilni eslashini" ta'kidlab o‘tdi.
Poroshenko 2014 yil may oyida o‘tgan saylovlarga ko‘ra, Ukraina prezidenti bo‘lgan. 2016 yil "Reyting" ijtimoiy guruhi o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, Poroshenkoning Ukraina prezidenti sifatidagi faoliyatini bor-yo‘g‘i 3 foizgina ukrainaliklar qo‘llab-quvvatlashi, 73 foizi esa norozi ekanini ma'lum bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:30 / 18.11.2025
Poroshenko Ukraina hukumatining butun tarkibini iste’foga chiqarishni talab qildi
20:46 / 15.04.2025
Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi
10:07 / 09.05.2024
Poroshenko Germaniyani Ukrainadan kelgan erkaklarni moliyalashtirmaslikka chaqirdi
09:05 / 22.10.2022