Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Almazbek Atambayev kimni O‘zbekiston prezidenti sifatida ko‘rishni xohlayotganini aytdi
Foto: AriPress
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev qator davlatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimi chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning mamlakat rahbari etib saylanishiga umid qilayotganini bildirdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidentining saytida xabar berilgan.
26 oktabr kuni qo‘shni davlat rahbari va Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Muloqot chog‘ida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqboli masalalarini muhokama qilgan.
"Xalq men deyarli 10 yildan buyon biladigan va tanishdan ham yaqinroq bo‘lgan Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti sifatida tanlaydi, deb umid qilaman. U yoki bu sabablar bilan to‘xtab qolgan ko‘plab loyihalarni Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston manfaatlari yo‘lida amalga oshirish vaqti keldi deb o‘ylayman. Xususan, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston yo‘nalishidagi yo‘l qurilishi", — degan Atambayev.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti saylovida O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan nomzodini ko‘rsatgan. Saylovda 4 partiya vakillari prezidentlik uchun kurashadi.
Mavzuga oid
12:57 / 17.02.2025
Akayev, Yanukovich, endi Asad – Moskvadan panoh topgan sobiq hukmdorlar
22:49 / 11.02.2025
Ruminiya prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlandi
14:12 / 26.01.2025
250 yildan buyon o‘zgarmay kelayotgan siyosat va qonun ustuvorligi – AQSh qanday qilib qudratli davlatga aylandi?
20:03 / 30.12.2024