11:34 / 28.10.2016
8740

Jahon bozorlaridagi neft narxi ko‘tarilmoqda

Foto: © AP

London va Nyu York birjalaridagi elektron savdolarda jahon neft narxi o‘sayotgani qayd etilmoqda. Savdo natijalari shunga dalolat qilmoqda, deb xabar qilmoqda Blumberg agentligi. 

Nyu York xom-ashyo birjasida WTI navli yengil neftning dekabr oyi fyucherslari 0,12 foizga ko‘tarilib, barreli 49,78 dollardan sotilgan.

Londonning ICE Futures birjasida Brent navli neft fyuchersi 0,16 foizga qimmatlashib, barreli 50,55 dollardan hisoblangan. 
 

Top