Churkin: Eronning ShHTga a'zo bo‘lishiga to‘siqlar qolmadi

Foto: © RIA Novosti
Eron yadro dasturi bilan bog‘liq muammolarning hal etilishi bilan rasmiy Tehronning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo bo‘lishi uchun mavjud to‘siqlar qolmagan. Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin shunday bayonot bergan.
BMT XK 28 oktabr kuni BMTning mintaqaviy tashkilotlar hisoblanuvchi — MDH, ShHT va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) kabilar bilan o‘zaro hamkorligi borasida ochiq majlis bo‘lib o‘tdi.
Unda XKga raislik qilayotgan Rossiya vakili Churkin Eron ShHTda 2005 yildan beri kuzatuvchi maqomida ekanini bildirgan. "Eron yadro dasturi atrofidagi vaziyat hal etilgani va BMT sanksiyalarining bekor qilinishi bilan uning tashkilotga a'zo bo‘lish borasidagi murojaatini ijobiy ko‘rib chiqish uchun biron to‘siq qolmadi, deb hisoblaymiz", — degan Rossiya doimiy vakili.
Churkinning ta'kidlashicha, ShHTning 15 yillik tarixida uning mintaqaviy jarayonlarga ta'siri sezilarli kuchaygan.
"Hindiston va Pokistonning tashkilotga teng huquqli a'zo bo‘lish jarayoni so‘nggi bosqichga kirdi. O‘ylaymizki, ularning ShHTda ishtiroki bu tashkilotdagi hamkorlikni boyitadi", — degan Churkin.
Bugungi kunda, O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston ShHTning teng huquqli a'zolari hisoblanadi. Belorussiya, Mo‘g‘uliston, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston kuzatuvchi maqomiga ega. 2015 yili Hindiston va Pokistonni tashkilotga qabul qilish jarayoni boshlangan edi.
Armaniston, Ozarboyjon, Kamboja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tutanxamon xazinasining bir qismi yangi muzeyga ko‘chirildi
Jahon | 02:18
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
Mavzuga oid

22:02 / 09.05.2025
Eron 11 may kuni yadroviy masalalar bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘ldi

11:35 / 05.05.2025
Eron yangi ballistik raketani sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi

04:48 / 05.05.2025
Eronda qum bo‘ronlari sabab 800 dan ortiq odam shifoxonalarga murojaat qildi

21:04 / 02.05.2025