21:28 / 29.10.2016
8958

Qozog‘istonlik diniy ulamolar delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

O‘zbekistonga tashrif buyurgan mehmonlar bir necha yuz yillardan beri ikki xalqning o‘zaro do‘stlik ramzi sifatida Toshkent markazida qad rostlagan “Shayx Xovandi Tohur” va “To‘labiy” maqbaralarini ziyorat qilish bilan safarlarini boshlashdi. Bu haqda Muxlis.uz xabar bermoqda.

Mehmonlar Toshkent islom universitetiga tashrif buyurishar ekan, oliygohning tarix va hozirni uyg‘unlashtirgan ajoyib binolari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, universitetda 200 dan ortiq turli mavzudagi o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillaridagi kitoblar, jurnal hamda gazetalardan iborat ko‘rgazmadan bahramand bo‘lishdi. Ayniqsa, “Qur'oni karim ma'nolarining o‘zbekcha tarjimasi”, “Oilada farzand tarbiyasi”, “Dunyo ulamolari murojaati”, “IShID fitnasi”, “Internetdagi tahdidlardan himoya”, “Islom va aqidaparast oqimlar” kabi o‘zbekistonlik olimlar hamda tadqiqotchilarining turli tillardagi kitob va qo‘llanmalari mehmonlarda chuqur qiziqish uyg‘otdi. 

Shuningdek, mehmonlar Toshkentning diqqatga sazovor joylarini ham ziyorat qilishdi. Jumladan, bir qator mehmonlar O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurishdi. Ularni O‘zbekiston musulmonlari idora raisi, muftiy Usmonxon Alimov tashrif bilan qizg‘in qutlab, ikki qardosh xalq azaldan do‘stu birodar ekani, ota-bobolarimiz ahil-inoq bo‘lib yashashgani, mamlakatlarimiz rahbarlari ham ushbu do‘stlikni rivojlantirish yo‘lida juda ulkan ishlarni amalga oshirishganini aytib o‘tdi. 

Qardosh Qozog‘iston delegatsiyasining tashrifi ikki mamlakat do‘stona hamkorlik rishtalari yanada mustahkamlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Mavzuga oid
Top