Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GFRda qurol sotuvi bir yilda deyarli ikki barobarga o‘sdi
Foto: spiegel.de
Germaniyada 2016 yilda yengil qurolni olib yurish va saqlash uchun litsenziyalar soni deyarli ikki barobarga oshdi. Bu haqida Der Spiegel nashri GFR IIV ma'lumotiga asoslanib, xabar qildi.
"Biz qurol xaridorlarining mutlaqo yangi kategoriyasini kuzatmoqdamiz. Ular u yerga birinchi marta kelishmoqda", - deya GFR Qurollilar ittifoqi va qurol sotuvchilarining direktori Ingo Meynxardning so‘zlarini keltiradi nashr.
Statistikaga ko‘ra, 2015 yilning sentabrida faqat 273 ming nafar nemisgina yengil qurolni saqlashga ruxsat olgan, biroq 2016 yilda bu raqamlar 440 ming nafardan oshib ketdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yengil qurolga egalik qilish uchun litsenziya berilishi bo‘yicha Shimoliy Reyn yerlari — Vestfaliya, Bavariya va Quyi Saksoniya yetakchi hisoblanadi.
Manbada ta'kidlanishicha, qurol sotishning o‘sishi Parij, Bryussel, Nitstsa va Myunxendagi teraktlar, shuningdek mamlakatda qochqinlar oqimi ko‘payganidan keyin "nemislarning xavfsizligidan cho‘chiyotganligi" bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
10:30 / 08.12.2025
Vadeful Xitoyda adolatli raqobat va savdo to‘siqlarini kamaytirishga chaqirdi
09:26 / 04.12.2025
GFR kansleri YeIni Ukraina manfaati uchun RF aktivlarini ishga solishga chaqirdi
12:10 / 16.10.2025
Samarqandda MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda
12:12 / 15.10.2025