17:12 / 01.11.2016
3867

«Inter» de Burning iste'fosi haqida ma'lum qildi

Foto: "Inter" matbuot xizmati

«Inter» rasmiy saytida Frank de Bur jamoa bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgani haqida ma'lum qilindi.

Qayd etish kerakki, niderlandiyalik mutaxassis jamoada 3 oy ham ishlay olmadi.

«Neradzurrilar»ni chorshanba kuni Yevropa ligasi doirasida «Sauthempton»ga qarshi o‘yinga yoshlar jamoasi murabbiyi Stefano Vekki olib boradi.

Bundan oldingi xabarlarda «Inter»ning yangi murabbiyi Stefano Pioli bo‘lishi ehtimoli yuqori ekani aytilgandi.

O‘tgan mavsum yakunida rahbariyat Roberto Manchinini jamoani kuchli uchlikka olib kira olmagani uchun iste'foga chiqargandi. Milanliklar de Bur bilan o‘tgan 11 turdan keyin 14 ochko jamg‘argan holda 14 o‘rinda joylashib turibdi.

Top