Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston AES qurish rejasi borasida yakuniy xulosaga keldi
Foto: RIA
Dunyoda uran qazib olish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadigan Qozog‘iston Respublikasi yaqin yetti yilda o‘zining atom elektrstansiyasini qurishni rejalashtirmayapti. Bunga mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektroenergiyaning talabdan ko‘pligi sababdir, degan respublika energetika vaziri Kanat Bozumbayev.
Ostona o‘n yildan ortiq vaqt mobaynida AES qurish rejasini ilgari surib keldi, bu borada Rossiyaning “Rosatom” va Yaponiyaning Toshiba kompaniyalari bilan dastlabki muzokaralarini ham olib bordi.
"Qozog‘istonda elektr energiyasi borasida yozda 5.000 megavatt, qishki davrda ko‘pi bilan 3.500 megavatt atrofida profitsit bor. Biz uzoq muddatli muvozanatni ta'minladik. Yaqin 7 yilda elektr quvvati tanqisligi kuzatilmaydi. Shu boisdan, yangi quvvatlar, jumladan AESni ham barpo etmaymiz", - degan vazir jurnalistlarga.
Mamlakatdagi uran konlarini “Kazatomprom” davlat kompaniyasi jahonning shu sohadagi yetakchi kompaniyasi Areva va Yaponiyaning Sumitomo Corp. kompaniyasi bilan birga qo‘shma korxonalar vositasida o‘zlashtiradi.
“Kazatomprom” shuningdek, yadro reaktorlari ishlab chiqaruvchi Westinghouse Electric Co. kompaniyasining 10 foiz aksiyalariga ham ega. U Toshiba Corp. sanoat gigantining Amerikadagi shaxobchasidir.
2015 yilda Qozog‘istonda uran qazib olish hajmi 4,3 foizgacha oshib, 23.800 tonnaga yetgan. U jahon uran bozorining 40 foizidan ortig‘ini egallagan. Shundan 13000 tonnasini “Kazatomprom” qazib olgan.
Mavzuga oid
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
17:46 / 30.12.2025
Rossiya Turkiyadagi «Akkuyu» AES qurilishini moliyalashtirish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
11:05 / 24.12.2025
O‘zbekistondagi birinchi AES loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi
15:58 / 16.12.2025