14:05 / 02.11.2016
10078

Tramp reytingining ko‘tarilishi AQSh bozorlariga salbiy ta'sir ko‘rsatdi

Foto: AP

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning Hillari Klinton nomzodini ortda qoldirishi haqidagi xabarlar fonida mamlakatning fond birjalarida asosiy indekslar pasayib ketdi. Bu haqida Fox Business nashrida ma'lum qilindi.

Seshanba kuni Dow Jones'ning sanoat indeksi 0,75 foiz, S&P 500 indeksi - 1,01 foiz, Nasdaq esa - 0,63 foizga kamaydi. 

Shuningdek xuddi shu kuni dollarning yevroga nisbatan kursi kamayganligi kuzatildi. Dushanba kuni 1 yevro - 1,0960 dollarga teng bo‘lgan bo‘lsa, seshanba kuni bu ko‘rsatkich 1 yevroga 1,1045 dollarni tashkil qildi. 

So‘nggi so‘rovnomaga ko‘ra, Tramp Klintonni 1 foizgagina ortda qoldirmoqda. AQSh prezidentlik saylovlari 8 noyabrda bo‘lib o‘tadi. ABC telekanali va Washington Post gazetasi so‘rovnomalariga ko‘ra, demokrat nomzodning reytinglari kamaygan. Bugungi kunda so‘roq qilinganlarning 60 foizi Klintonga salbiy munosabat bildirgan, Trampga bunday munosabatda bo‘lganlar ko‘rsatkichi esa - 58 foiz. 

Mavzuga oid
Top