19:44 / 03.11.2016
6602

“Odnoklassniki” tabiiy hodisalar haqida ogohlantirish ilovasini ishga tushirdi

“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i favqulodda vaziyat haqida xabar olish va yaqin insonlarining xavfsizlikda ekanligiga ishonch hosil qilishga yordam beruvchi yangi veb va mobil ilovalari sozlanmasini taqdim etdi. “Men xavfsizlikdaman” loyihasi 2016 yilning 2 noyabr kuni Mail.Ru Group va Rossiya FVV o‘rtasida tuzilgan kelishuv doirasida amalga oshirildi.

“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i va Rossiya Favqulodda Vaziyatlar vazirligi yangi, tabiiy ofatlar va halokatlar paytida foydalanuvchilarga yordam berishni ko‘zda tutuvchi xizmatni ishgi tushirilishi haqida e'lon qildi. “Men xavfsizlikdaman” loyihasi uning profilida ko‘rsatilgan viloyat va turgan joyni avtomatik tarzda aniqlaydi va tegishli xabarni yuboradi. U bilan birga foydalanuvchilar foydali axborot, favqulodda xizmatlarning shoshilinch raqamlari va yuzaga kelgan holatda qanday harakat qilish haqida qo‘llanmani olishadi.

Bundan tashqari, yangi sozlanma “Men xavfsizlikdaman” statusini o‘rnatish va tezkorlik bilan do‘stlaringizning qay biri ofat yuz bergan hududda ekanligini bilish imkonini beradi. Buning uchun “Xavfsizlikda” maxsus ilovasi ustiga bosish kerak, agar ularning ahvoli haqida xabar bo‘lmasa, “Ularga yozing” ilovasi orqali bilish mumkin bo‘ladi.

Kelajakda ilova nafaqat Rossiya aholisini, balki ijtimoiy tarmoqning boshqa mamlakatlaridagi foydalanuvchilarini ham ogohlantirish imkonini beradi.
 

Top