14:41 / 03.11.2016
3706

TIVda YeXHT DIIHB missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati

2016 yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YeXHT DIIHB) O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari, Elchi Peter Teyler bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bergan.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda YeXHT DIIHB Saylovni kuzatish missiyasi faoliyatining boshlanganligi bilan bo‘g‘liq tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Top