Jamiyat | 16:40 / 03.11.2016
24136
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yo‘lovchi marshrutka ag‘darildi

Foto: "Voditeli Tashkenta"

2 noyabr kuni tongida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida marshrutka ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" guruhi foydalanuvchilari ma'lum qilishgan.

Hodisa "Minor" metro bekati yaqinida ro‘y bergan. 102-raqamli marshrutka hamda "Gentra" rusumli yengil avtomobil o‘zaro to‘qnashgan. 

Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, marshrutka yo‘lovchilari yengil jarohatlar olishgan, faqat bir ayol qo‘li sinib, shifoxonaga olib ketilgan.

Guruhi foydalanuvchilari fikriga ko‘ra, avariya "Gentra" avtomobili haydovchisi aybi bilan sodir etilgan. U qizil chiroq yonsa ham to‘xtamagandi. 

Ijtimoiy tarmoqning ayrim foydalanuvchilari esa Amir Temur prospekti va Niyozbek ko‘chasi kesishmasida svetoforlar yaxshi ishlamasligini qo‘shimcha qilib o‘tishgan.

"Svetoforlar bir maromda ishlamasligi oqibatida burilmoqchi bo‘lgan avtomobil haydovchilari avariyaga uchramoqda", — deb yozgan ulardan biri.

Mavzuga oid