15:47 / 03.11.2016
9814

O‘zbekistonda yana bir diniy-ma'rifiy sayt ish boshlaydi

Foto: islamonline.uz

Tez orada global tarmoqdagi UZ domenida yana bir diniy-ma'rifiy sayt— www.islamonline.uz  ishga tushadi. Islom dinining sof an'nanalari targ‘ibotiga yo‘naltirilgan mazkur rasmiy saytda Islom diniga taalluqli barcha ma'lumotlar berib boriladi.

Shuningdek, insonni saodatga yetaklovchi turli maqolalar, yangiliklar, ma'rifiy suhbatlar bilan muntazam tanishib borishingiz mumkin. Qolaversa, din borasida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga eng yetuk ulamolardan yetarlicha javoblar olish imkoni bo‘ladi.

Qur'oni karim, Hadisi shariflarga oid ajoyib xizmatlar ham yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, fiqh, siyrat va tazkiya (tasavvuf) yo‘nalishlari bo‘yicha ham ma'lumotlar olishi imkoni taqdim etilgan.

Mavzuga oid
Top