18:42 / 04.11.2016
6702

Turkiya bosh vaziri muxolif deputatlarning qo‘lga olinishiga izoh berdi

Foto: Depo Photos

Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim izoh berdiki, muxolifatdagi Xalqlar demokratiyasi partiyasining kurdparast deputatlari jinoiy ish bo‘yicha ko‘rsatma berishdan bo‘yin tovlagani uchun hibs qilingan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kimki terrorizmning yonini olsa, u o‘z harakati uchun javob bermog‘i lozim bo‘ladi.

Bu vaqtda sud qo‘lga olinganlarning bir nechasini terrorizmga aloqadorligi uchun hibsga olishga ko‘rsatma bergan.

Turkiyada Xalqlar demokratiyasi partiyasi a'zosi bo‘lgan 9 deputat qo‘lga olindi. Ular orasida Ziyo Pir, Gulsar Yildirim va Xalqlar demokratiyasi partiyasi hamraisi o‘rinbosari Sirri Surayyo Onder ham bor.  

Shundan so‘ng Germaniya TIVga ushbu holat yuzasidan turkiyaliklar elchisi izoh berish uchun chaqirilgandi.

Top