10:57 / 04.11.2016
10972

Zak King Turkish Airlines aviakompaniyasi reklamasida "montaj sehri"ni ko‘rsatib berdi

Amerikalik videomontajchi va rejissyor Zak King Turkish Airlines aviakompaniyasining samolyot bortidagi xavfsizlik qoidalariga bag‘ishlangan reklamasida suratga tushdi. Creativity nashri shu haqida ma'lumot berdi. 

Rolikda King videomontaj yordamida bortdagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni ko‘rsatadi. U noutbukni qog‘oz varag‘iga aylantirib, salon sxemasidan samolyot yasaydi, uning maykasi esa qutqaruv nimchasi "rolini o‘ynaydi". 

"Sehr dunyodagi eng qadimiy san'at turlaridan biridir. Psixologlar va neyrobiologlar uning auditoriyani jalb qilish xususiyatini hali-hanuz o‘rganishadi", - deydi loyiha maslahatchisi, psixolog Gustav Kun. 

Reklama roligining maqsadi — yo‘lovchilar e'tiborini xavfsizlik qoidalariga jalb etish, zero parvoz oldidan ekipajning standart ko‘rsatmalariga ko‘pchilik ahamiyat bermaydi. 
 

Top