10:09 / 06.11.2016
9208

Samsung kompaniyasi Galaxy S8 uchun raqamli yordamchi ishlatmoqda

Foto: Reuters

Samsung kompaniyasi Galaxy S8 smartfoni uchun Viv Labs kompaniyasining Viv yordamchisini ishlatmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Bundan tashqari, kompaniya Viv’ga uy texnikasi va taqib yuriluvchi qurilmalarni ulashni ko‘zda tutgan. 

"Dasturchilar o‘z servislarini bizning agentga ulashlari va ularni unga yuklashlari mumkin. Samsung buni o‘zi qilmasada, agentga qanchalik ko‘p servis ulansa, u shunchalik aqlli bo‘ladi", deb aytdi kompaniya ijrochi vitse-prezidenti In Yong Ri.

Viv chetki dasturlarni ham qo‘llay oladi.

Taxmin qilinishicha, Galaxy S8 2017 yil boshida sotuvga chiqariladi. 

Mavzuga oid
Top