Jahon | 07:25 / 09.11.2016
8881
1 daqiqa o‘qiladi

Trampning o‘g‘li saylov jarayonida Nyu-York shtati qonunini buzdi

Foto: Erik Trampning Twitter-akkauntidan skrinshot

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning o‘g‘li Erik Tramp internetda prezidentlik saylovlarining o‘ziga tegishli ovoz berish byulleteni suratini joylashtirdi. U shu tariqa bunday suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishni taqiqlovchi Nyu-York shtati saylov huquqini buzdi va endi katta jarimaga tortilishi mumkin.

Erik Tramp o‘z ovozini otasiga berganini ko‘rish mumkin bo‘lgan surat tvitterda joylashtirildi. U bu suratga "O‘z otangga ovoz berish naqadar sharaflidir! U AQSh uchun juda katta ishni qildi", deb izoh qoldirdi.

Biroq keyinroq Erik suratni o‘chirib tashlagan, biroq surat internetda tarqalib ulgurgan, deb yozmoqda The Hill nashri.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid