17:39 / 16.11.2016
4650

Dron yordamida pitssa yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi

Domino's Pizza pitstseriyalari tarmog‘i ilk marta dron yordamida pitssa yetkazib berilgani haqida ma'lum qildi. Mashable nashri shu haqida xabar berdi

Pitstsa xususiy mijozga yetkazib berilgan, uchuvchisiz qurilmaning pitstseriyadan belgilangan joygacha parvozi esa fuqarolik aviatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi mahalliy hukumat tomonidan tasdiqlangan. 

Pitstsani yangi usulda yetkazish Domino's Pizza hamda Flirtey startapining hamkorlikdagi loyihasi doirasida amalga oshirilgan, bu loyiha kichik yuklarni dronlar yordamida tashishga ixtisoslashgan. Tarmoq bu tajribasini shu haftada yana olti mamlakat - Avstraliya, Belgiya, Fransiya, Niderlandiya, Yaponiya va Germaniyada davom ettiradi. 

Mavzuga oid
Top