22:10 / 18.11.2016
10630

Joze Mourino bo‘lajak uchrashuv oldidan Vengerni mazax qildi

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Arsenal»ga qarshi o‘yin oldidan raqib jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger bilan qarama-qarshiliklardagi rekordi haqida gapirdi.

«Istalgan murabbiyga qarshi uchrashuvlar bo‘yicha o‘rnatilgan rekord yaxshimi yoki yomon — men uchun muhim emas. Bundagi yagona muhim jihat natijalardir. Agar istasangiz, shunday deyman, ertangi uchrashuv Premer-ligadagi eng yaxshi natijalarga ega ikki murabbiy to‘qnashuvidir.

«Ser Aleks Fergyuson endi bu yerda emas, ertaga esa o‘yin. Bu Premer-Ligada adashmasam, 6 yoki 7 martadan sovrin yutgan murabbiylar bahsi. Menda 3ta chempionlik, menimcha janob Vengerda ham 3ta.

Bu shu deganiki, jamoalarimiz eng yaxshi natijalarni ko‘rsatmayotgan bo‘lsada, bizni hurmat qilish kerak.

Menga shunday tuyuladiki, sizlar Vengerni hurmat qilasizlar, meni esa yo‘q. Men Premer-ligadagi oxirgi sovrinimga 18 oy oldin ega chiqqandim, 18 yil oldin emas. Chinini aytadigan bo‘lsam, menga yetarli darajada hurmat ko‘rsatmayapsizlar.

Men o‘z yo‘limdan ketaman, chunki men o‘z faoliyatimdagi to‘qqizinchi chempionlikni, Premer-ligadagi to‘rtinchisini nishonlashni istayman», — degan Mourino.

APLning 12 turi doirasida «Manchester Yunayted» va «Arsenal» o‘rtasidagi bahs 19 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlandi. Ayni vaqtda manchesterliklar jamoasi 18 ochko bilan oltinchi o‘rinda, Venger shogirdlari esa 24 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda joylashgan.

Top