21:32 / 19.11.2016
4811

Intel taqib yuriluvchi qurilmalarni ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi

Foto: gadgets-reviews.com

Intel korporatsiyasi o‘zining New Devices Group bo‘limi ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan taqib yuriluvchi qurilmalarni ishlab chiqarishdan voz kechmoqchi. Bu haqda  TechCrunch xabar bermoqda

Intel bu bozordan ketishi bir qator muvaffaqiyatsizliklari bilan shartlangan. Joriy yilning iyunida kompaniya Basis Peak "aqlli soatlarini" qizib ketishi sababli ortga qaytarib olishga majbur bo‘lgan. Kompaniya nuqsonli qurilmalarni almashtirib berish o‘rniga ularni sotishni to‘liq to‘xtatgan. 

New Devices Group bo‘limida ishlarning o‘zgarishi mumkinligi tufayli kompaniyada 2016 yil oxirigacha yirik qisqartirishlar o‘tkazilishi mumkin. New Devices Group bo‘limi umuman bartaraf etilishi ham mumkin.

 

Top