12:29 / 20.11.2016
17780

Toshkentda transformator nimstansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: nuz.uz

19 noyabr, shanba kuni kechqurun Toshkent shahrining Yunusobod va Olmazor tumanlarida ayrim mavzelar elektr ta'minotisiz qoldi. Bu haqda nuz.uz saytida xabar qilingan.

Ma'lum qilinishicha, bu holat transformator nimstansiyasida sodir bo‘lgan yong‘in ortidan kelib chiqqan. 

Yong‘in suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan.

Toshkent shahri hokimiyati huzuridagi dispetcher xizmati xabariga ko‘ra, tez vaqt ichida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan va uning sabablari aniqlash ishlari boshlangan.

«Mutaxassislar bu hudud aholisiga elektr qaytishi uchun barcha choralarni ko‘rishmoqda», - deya ma'lum qilgan dispetcher. 

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Mavzuga oid
Top