17:57 / 21.11.2016
4486

Abdulaziz Komilov O‘zbekiston-Britaniya kengashi hamraisi Barbara Hey bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston—Britaniya kengashi (SSO‘BK) hamraisi, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Barbara Logan Heyni qabul qildi. B.Hey kengashning 23-majlisida ishtirok etish uchun Buyuk Britaniya biznes vakillaridan iborat nufuzli delegatsiyaga bosh bo‘lib mamlakatga kelgandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma'lum qildi

Muloqot davomida savdo-iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari O‘zbekiston—Britaniya kun tartibi nuqtai nazaridan muhokama qilindi. Barbara Hey Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan SSO‘BKning 23-majlisi hamda O‘zbekistonning qator vazirlik va idoralaridagi uchrashuvlar yakunlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Ta'kidlanganidek, hozirgi kunda SSO‘BK savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishning samarali mexanizmlaridan biri hamda ikki davlat ishbilarmon doiralari hamkorligining muhim platformasi hisoblanadi.

Suhbat davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Uchrashuvda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Kristofer Alan ishtirok etdi.

Top