21:53 / 28.11.2016
6946

Marsda labirintga o‘xshash g‘aroyib soha suratga olindi

ESA/DLR/FU Berlin, CC BY-SA 3.0 IGO

Yevropa kosmik agentligi Mars Express orbital stansiyasi tomonidan suratga olingan noodatiy, labirintga o‘xshash, geologik tuzilma surati bilan bo‘lishdi. 

Bu tuzilma sayyora shimoliy yarim sharining sharqiy qismida, Utopiya tekisliklarida joylashgan. Suratda tasodifiy yo‘nalgan "blok"li soha ko‘rinib turibdi. Olimlarning ta'kidlashlaricha, bunday tuzilmalar Yerda sohillardan uzoq masofadagi okean tubida uchrab turadi. 

Geologlarning fikricha, ular bir qator sabablar - jinslarning o‘z og‘irligi ostida buzilishi, g‘ovakli yerdan suyuqlik ajralishi, lokal tektonik faollik tufayli shakllanadi. 

Olimlarning fikricha, Marsdagi g‘aroyib poligonli soha muz bilan qoplangan yuzada halokatli suv toshqini ro‘y berishi natijasida hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

 

Mavzuga oid
Top