22:42 / 28.11.2016
5471

WhatsApp'da foydalanuvchilarning o‘zi tarqatgan virus paydo bo‘ldi

Foto: dailystar.com

WhatsApp messenjerida foydalanuvchilarning o‘zi tarqatgan virus paydo bo‘ldi, deb xabar beradi TelecomDaily.

Potentsial jabrlanuvchiga do‘stlari yoki tanishlari tomonidan keluvchi xatlarda yuboriluvchi matnning turli dizaynini tanlash imkonini beruvchi taklif keladi. Agar havola bo‘yicha kirilsa,  maxsus viruslar sahifasiga tushib qolish mumkin. U yerda siz WhatsApp'dagi 15ta do‘stlaringizga xabar jo‘natib, «faol foydalanuvchi ekanligingizni tasdiqlashingiz» kerak bo‘ladi. 

Sahifaning o‘zida jabrlanuvchining  messenjeriga kirish imkoni yo‘q, biroq u WhatsApp'ni ochuvchi havolalarni va undagi kontaktlar ro‘yxatini generatsiya qilishi mumkin. Shundan so‘ng agar qaysidir kontakt tanlansa, unga xuddi shu kabi xabar yuboriladi. 

Foydalanuvchi  spam yuborsa, aslida troya oti bo‘lgan mobil dasturni yuklab olishi mumkin. 

Mavzuga oid
Top